High Town Mall RewardsPrivacy · Maxfiylik

Loyalty programme terms

Effective 24 November 2026

High Town City operates High Town Mall Rewards for customers of participating stores. These terms cover your membership, the receipts you submit and the points or rewards you use through htmall.uz.

Joining and keeping your account

Choose a sign-in method on the customer site. Use information you are entitled to use, keep your password and sign-in codes private, and contact us if someone else uses your account. If you already have a membership, sign in to it and link another sign-in method from Profile to keep using the same wallet. Where the law requires a parent or guardian’s consent, obtain it before participating.

Earning points on a purchase

Check the participating store and any offer conditions before buying. When receipt submission is available, send one clear fiscal receipt for your own qualifying purchase. Keep the original until the points appear in your wallet. If the app requests clarification, open the receipt and provide the missing details there.

A submission can be pending, approved, rejected or marked as a duplicate. Points become available when the purchase is approved. The applicable store rule, eligible purchase amount in Uzbek soum, rounding, caps and any applicable promotion determine the award. A receipt can earn points only once. A refund, cancellation or correction can require review of an earlier award. Ask us to review any adjustment you believe is wrong.

Your wallet, tier and offers

The wallet shows available points and transaction history. Pending points and points held for an active reservation are unavailable to spend. Qualifying activity determines your tier under the programme rules. Individual rewards may have a minimum tier, points cost, dates, participating location or stock limit. Check the offer shown at the time you reserve. Birthday gifts and promotional benefits apply when the relevant offer is active and its conditions are met.

Using points at checkout

For a discount, select the participating store, enter the requested checkout amount and choose the points to use. The store rule sets the minimum purchase, allowed point amounts and maximum discount. For a catalogue reward, check its cost and collection location before reserving. Present the code only to the participating store handling your purchase or reward.

A reservation temporarily holds points. Use its code within the period shown. The deduction is recorded when the authorised checkout confirms use. An unused reservation releases its hold when it expires, or when cancelled where cancellation is available. If the checkout result is unclear, check your wallet before making a second reservation. Points are programme benefits redeemable for the offers shown. The programme provides no cash withdrawal or member-to-member transfer.

Fair use and disputed decisions

Submit genuine receipts from your own purchases. Altered receipts, reused codes and claims against another member’s purchases can lead to a rejected claim. High Town City may pause a disputed transaction while checking the evidence. If an award, rejection, redemption or balance seems wrong, contact us with the store, purchase date and receipt or reservation reference. A member of staff can review the record and arrange a correction where appropriate. Keep sign-in codes private when requesting help.

Purchases, changes and ending membership

The retailer shown on your receipt handles the sale, delivery, returns and product warranties. High Town City handles the programme account and points. You retain your rights under applicable Uzbekistan consumer law, including access to the competent authority or courts. A loyalty discount does not remove those rights.

High Town City will publish revised programme terms with their effective date and give notice of material changes before they apply. Offer-specific conditions are shown with the offer. To leave the programme, contact High Town City. Before closure, ask us to check unused points, reservations and open disputes. The handling of account records is explained in the privacy policy.

Member support

Call +998 95 681 81 81 and ask for High Town Mall Rewards. The published contact address is Chinobod Street, Yunusobod District, Tashkent, Uzbekistan. For questions about Google sign-in, email [email protected]. High Town City contacts.

Sodiqlik dasturi shartlari

2026-yil 24-noyabrdan kuchga kiradi

High Town City ishtirokchi do‘konlar mijozlari uchun High Town Mall Rewards dasturini yuritadi. Ushbu shartlar htmall.uz saytidagi a’zolik, yuborilgan cheklar hamda ballar va mukofotlardan foydalanishga taalluqli.

A’zo bo‘lish va hisobni saqlash

Mijozlar saytida tizimga kirish usulini tanlang. Foydalanishga haqingiz bo‘lgan ma’lumotlarni kiriting. Parol va kirish kodlarini sir saqlang. Hisobingizga boshqa kishi kirganini sezsangiz, bizga murojaat qiling. Mavjud hamyoningizdan foydalanishni davom ettirish uchun avval o‘sha hisobga kiring, keyin Profil orqali boshqa kirish usulini ulang. Qonunchilik ota-ona yoki vasiyning roziligini talab qilsa, dasturda qatnashishdan oldin uni oling.

Xarid uchun ball olish

Xariddan oldin do‘kon va taklif shartlarini tekshiring. Chek yuborish imkoniyati mavjud bo‘lsa, dastur shartlariga mos o‘z xaridingiz uchun bitta aniq ko‘rinadigan fiskal chekni yuboring. Ballar hamyonda aks etguncha asl chekni saqlang. Ilova qo‘shimcha ma’lumot so‘rasa, tegishli chekni oching va yetishmayotgan tafsilotlarni kiriting.

Chek ko‘rib chiqilishi, tasdiqlanishi, rad etilishi yoki takroriy deb belgilanishi mumkin. Xarid tasdiqlangach, ballardan foydalanish mumkin. Ball miqdori do‘kon qoidasi, hisobga olinadigan xarid summasi (so‘mda), yaxlitlash qoidasi, cheklovlar hamda amaldagi aksiyaga bog‘liq. Bitta chek uchun ball bir marta beriladi. Xarid qaytarilsa, bekor qilinsa yoki ma’lumotlar tuzatilsa, berilgan ballar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Tuzatish bo‘yicha e’tirozingiz bo‘lsa, bizga murojaat qiling.

Hamyon, a’zolik darajasi va takliflar

Hamyonda foydalanish mumkin bo‘lgan ballar va amallar tarixi ko‘rsatiladi. Kutilayotgan yoki faol band qilish uchun ajratilgan ballarni sarflab bo‘lmaydi. A’zolik darajasi dastur qoidalariga muvofiq hisoblanadi. Mukofot uchun muayyan daraja, ball miqdori, amal qilish muddati yoki olish manzili belgilanishi mumkin. Mukofotlar soni cheklangan bo‘lishi mumkin. Band qilish vaqtida ko‘rsatilgan shartlarni tekshiring. Tug‘ilgan kun sovg‘alari va aksiya imtiyozlari tegishli taklif amalda bo‘lib, shartlari bajarilganda beriladi.

Kassada ballardan foydalanish

Chegirma uchun ishtirokchi do‘konni tanlang, xarid summasini kiriting va sarflanadigan ballarni ko‘rsating. Eng kam xarid summasi, sarflash mumkin bo‘lgan ball miqdori va eng yuqori chegirma do‘kon qoidasiga bog‘liq. Katalogdagi mukofotni band qilishdan oldin uning ballardagi narxi va olish manzilini tekshiring. Kodni faqat xaridingizni yoki mukofotingizni rasmiylashtirayotgan ishtirokchi do‘kon xodimiga ko‘rsating.

Band qilish ballarni vaqtincha ajratib qo‘yadi. Koddan ko‘rsatilgan muddat ichida foydalaning. Vakolatli kassa foydalanishni tasdiqlagach, ballar hisobdan yechiladi. Ishlatilmagan band qilish muddati tugasa yoki bekor qilish imkoniyati bo‘lib, undan foydalansangiz, ballar yana sarflash uchun ochiladi. Natija tushunarsiz bo‘lsa, qayta band qilishdan oldin hamyonni tekshiring. Ballar dasturdagi takliflar uchun ishlatiladi. Ularni naqdlashtirish yoki boshqa a’zoga o‘tkazish imkoniyati berilmaydi.

Halol foydalanish va e’tirozlar

Faqat o‘z xaridingizga tegishli haqiqiy chekni yuboring. O‘zgartirilgan chek, qayta ishlatilgan kod yoki boshqa a’zoning xaridi bo‘yicha talab rad etilishi mumkin. High Town City dalillarni tekshirish vaqtida bahsli amalni vaqtincha to‘xtatishi mumkin. Ball, rad etish qarori, mukofot yoki qoldiq bo‘yicha e’tirozingiz bo‘lsa, do‘kon nomi, xarid sanasi va chek yoki band qilish raqami bilan murojaat qiling. Xodim yozuvni tekshirib, zarur hollarda tuzatishni tashkil qilishi mumkin. Yordam so‘rashda hisobga kirish kodingizni bermang.

Xaridlar, o‘zgarishlar va a’zolikni tugatish

Chekda ko‘rsatilgan sotuvchi savdo, yetkazib berish, tovarni qaytarish va kafolat masalalarini ko‘rib chiqadi. High Town City dasturdagi hisob va ballar bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston qonunchiligida nazarda tutilgan iste’molchi huquqlari, jumladan vakolatli organ yoki sudga murojaat qilish huquqi saqlanadi. Sodiqlik chegirmasi ushbu huquqlarga ta’sir qilmaydi.

Shartlar o‘zgarsa, High Town City ularning yangi tahririni kuchga kirish sanasi bilan e’lon qiladi va muhim o‘zgarishlar haqida ular qo‘llanishidan avval xabar beradi. Muayyan taklif shartlari o‘sha taklif bilan birga ko‘rsatiladi. A’zolikni tugatish uchun High Town City bilan bog‘laning. Hisobni yopishdan avval ishlatilmagan ballar, band qilishlar va ochiq e’tirozlarni tekshirishni so‘rashingiz mumkin. Hisob yozuvlariga ishlov berish tartibi maxfiylik siyosatida tushuntirilgan.

A’zolar uchun yordam

+998 95 681 81 81 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, High Town Mall Rewards bo‘yicha yordam so‘rang. E’lon qilingan aloqa manzili — Chinobod ko‘chasi, Yunusobod tumani, Toshkent, O‘zbekiston. Google orqali kirish bo‘yicha savollar uchun [email protected] manziliga yozing. High Town City bilan bog‘lanish.